Rossiya Federatsiya kengashining xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev Iroqning IShID ustidan g‘alaba qozonilgani haqidagi bayonoti AQShning Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ko‘magida terrorchilar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan Suriya hukumat kuchlariga javobiga o‘xshashini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bularning barchasi Iroqdagi aksilterrorchilik harakatlarining samaradorligi bilan maqtana olmaydigan amerikaliklarning Rossiya HKKning Suriyadagi aksilterrorchilik harakatlarining haqiqiy natijalariga ‘javobchasi’ga o‘xshab ko‘rinyapti”, — dedi Kosachev.
Uning ta’kidlashicha, IShID to‘liq mag‘lub etilmagunicha, mintaqadagi barcha davlatlar uchun xavf saqlanib qoladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)