Falastin rahbariyati AQShning hech bir delegatsiyasi, jumladan, vitse-prezident Mayk Pensni ham qabul qilmaydi. Bu haqda Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) ijroiya qo‘mitasi a’zosi Vosil Abu Yusuf ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Shubhasiz, Falastinning okkupatsiya qilingan barcha hududida AQSh delegatsiyalari qabul qilinmaydi, vitse-prezident Pens ham bundan mustasno emas. Trampning qaroridan so‘ng AQSh bilan muzokaralar olib borilmayapti, uni Falastin xalqi va rahbariyatiga nisbatan urush e’lon qilinishi sifatida qabul qilish mumkin”, — dedi FOT vakili.
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada vitse-prezident Mayk Pensni Yaqin Sharqqa terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha muzokaralarga yuborishi kutilayotgandi.
Izoh (0)