Shimoliy Koreya TIV vakili Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishga qaror qilgan AQSh prezidenti Donald Trampni “telba” deb atadi. Bayonot Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“AQSh prezidenti Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish va Qo‘shma Shtatlar elchixonasini ko‘chirish haqidagi qarori xalqaro hamjamiyatni ochiq tan olmaslik va haqoratlashdan bo‘lak narsa emas”, — deyiladi bayonotda.
KXDR TIV vakiliga ko‘ra, “BMT minbarida Shimoliy Koreya butkul vayron etilishi haqida vaysagan Tramp mantiqdan mosuvo telba hisoblanadi, shu sababli mazkur qarorda ajablanarli hech narsa yo‘q”.
Izoh (0)