6-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Rasman: Rossiya delegatsiyasi qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi. XOQ bu borada dahshatli qarorlar chiqardi. Bu voqea rossiyalik sportchilar orasida Olimpiadani Putindan ham ustunroq ko‘radiganlar borligini isbotladi.
2. Kollej direktorlarini haqoratlagan Andijon shahar hokimining xatti-harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirilmoqda. Uning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari qayd etilgan.
3. O‘FF muxlislarning stadionga yugurib tushishini, ularning “Lokomotiv”ni tabriklamoqchi bo‘lgani bilan izohladi. “Bu kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi”, — deyiladi O‘FF bayonotida.
4. “Daryo”da yangi loyiha: Persona. Uning ilk mehmoni prof ringdagi 11 jangida 11 nokautga erishgan Shohjahon Ergashev. Xo‘sh, u aslida kim va qayerdan? Muvaffaqiyatlari zamirida nimalar yotibdi?
5. “O‘zbekneftgaz” logotip g‘olibiga Spark kalitini topshirdi. Ammo logotipning o‘zi hali e’lon qilinganicha yo‘q. Ishchi organ tomonidan komissiyaga loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida ko‘rib chiqish uchun 219 ta ishlanma topshirilgan.
Izoh (0)