Daryo

Andijon shahar hokimining xatti-harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirilmoqda

Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga D. Rahmatullayevni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan

1 daqiqa o‘qish81 376 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Kun.uz”

Avval xabar qilinganidek, Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahardagi kasb-hunar kollejlari direktorlarini haqorat qilgani bilan bog‘liq hodisa keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Shahar rahbarining bu harakatlari Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirilmoqda. Tegishli bayonot O‘zbekiston prokuraturasi saytida e’lon qilindi.

Foto: “Kun.uz”

“Andijon shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi D. Rahmatullayev joriy yilning 16-oktabr kuni shahardagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

D. Rahmatullayevning harakatlarida sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bo‘lganligini inobatga olgan holda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga D. Rahmatullayevni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan.

Hozirgi kunda mazkur taqdimnoma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar