“Daryo” nashrida yangi loyiha ish boshladi — Persona. Uning ilk mehmoni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Havaskor boksda odamlar og‘ziga tushib ulgurmay, professional ringda natija ko‘rsatishni boshlagan Shohjahon Ergashevning natijalari chakki emas — 11 ta jang va 11 ta nokaut. Xo‘sh, u aslida kim va qayerdan? Muvaffaqiyatlari zamirida nimalar yotibdi?

Bokschi bilan suhbat avvaliga qisqartirilgan shakllarda, keyinroq esa to‘liq shaklda taqdim etiladi.