Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi, deb xabar beradi O‘zA.
Afg‘oniston prezidenti universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari huzurida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Muhammad Ashraf G‘aniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to‘g‘risida diplom topshirildi.
Afg‘oniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi.
Dunyo ilm-fani va islom olamida katta o‘rin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzum edi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga bu imkoniyatni yaratib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston zaminidan Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Bu yerda ta’lim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib bo‘lib voyaga yetishmoqda.Muhammad Ashraf G‘ani, Afg‘oniston prezidenti
Izoh (0)