Sidney—2000 Olimpiadasining tennis turnirida chempionlikni qo‘lga kiritgan rossiyalik Yevgeniy Kafelnikov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Rossiya delegatsiyasi borasidagi qaroriga izoh berdi. Avvalroq tashkilot Rossiya termasini qishki Olimpiada o‘yinlaridan chetlashtirgandi.

Foto: Google Images

Sportchilarimiz nima qilib bo‘lsa-da, Olimpiada—2018 ga borishlari shart! Men shunday qilgan bo‘lardim. Hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarshi bo‘lganida ham, olimpiyachilar musobaqaga borishi kerak. Masalan, men unga quloq solmagan bo‘lardim. Olimpiada prezidentdan ustunroqdir.

Yevgeniy Kafelnikov, tennischi

Rasman: Rossiya delegatsiyasi qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi. XOQ bu borada dahshatli qarorlar chiqardi

“Sports.ru”ning qayd etishicha, ayni paytda Rossiya Davlat Dumasining bir qator deputatlari Olimpiadaga boykot qilish kerakligini ta’kidlamoqda. Ular orasidan Vitaliy Milonov Belarus hamda Qozog‘iston termalarini ham Rossiya bilan birdam bo‘lishga chaqirib, mazkur mamlakatlarni ham boykotga da’vat etdi.