National Interest nashri tahlilchilari KXDRdagi navbatdagi raketa sinovidan keyin Vashingtonga beriladigan yadro zarbasining ehtimoliy oqibatlarini baholab chiqdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Raketa ishlanmalari sohasidagi mutaxassislar ta’kidlashicha, Shimoliy Koreyaning imkoniyatlarini past baholash kerak emas. Olimlar hisob-kitoblarni amalga oshirib, Pxenyanning “Xvanson-15” AQShning istalgan nuqtasigacha yetib borishga qodirligi haqidagi gaplari mutlaqo rost ekanligi haqidagi xulosaga keldi. Bu raketa berilgan trayektoriyada qolishi va u yengil jangovar kallak bilan jihozlanishi sharti ostida haqiqiydir.
Mutaxassislar tahlilga asos qilib trotil ekvivalentda 250 kilotonna quvvatga ega bombani oldi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday bomba portlashidan Amerika poytaxti markazida qariyb 413 ming kishi halok bo‘ladi, yana 527 ming nafari jabrlanadi. Shuningdek, nashr qayd etishicha, Oq uy, Xalqaro josuslik muzeyi, Vashington yodgorligi, Kapitoliy va zarba to‘lqini radiusidagi boshqa barcha binolar va yodgorliklar butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Shahar tashqarisiga kelsak, portlash ushbu tumanlardagi odamlarning 50 dan 90 foizgacha qismini hayotdan olib ketadi.
Izoh (0)