Oq uy va Markaziy razvedka boshqarmasi Amerika razvedka muassasasi sobiq xodimlariga xususiy kompaniyalar logotipi ostida chet elda maxfiy razvedka operatsiyalarini olib borish, shuningdek, AQSh yoki boshqa mamlakatdagi terrorchilikda gumonlanuvchilarni qo‘lga olib, maxfiy tarzda olib kelish uchun ruxsat berdi, deb yozadi BuzzFeed.
Takliflardan biri Amyntor Group xususiy kompaniyasi bilan maxfiy razvedka tarmog‘ini tashkil qilish uchun ko‘p millionli shartnomani ko‘zda tutadi. Unda Eronga qarshi, Iroqda va Afg‘onistonda operatsiyalar o‘tkazgan maxsus xizmatlar sobiq faxriylari ishlaydi.
Sobiq xodimlar va xususiy firmalarni jalb qilish sabablari sifatida MRBdagi haddan tashqari qog‘ozbozlik va xodimlarning Donald Trampga nisbatan salbiy fikrda ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)