Argentina “San-Xuan” suv osti kemasi ekipajining 44 nafar a’zosini qutqarish bo‘yicha operatsiyani to‘xtatadi, biroq submarinani qidirish davom etadi. Bu haqda mamlakat harbiy-dengiz kuchlari rasmiy vakili Enrike Balbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ekipajni qutqarish uchun talab etiladigan kunlardan ikki barobardan ko‘proq vaqt sarfladik. Shuncha urinishga qaramay, kemani topishga muvaffaq bo‘lmadik. Qutqarilganlar bo‘lmaydi”, — dedi Balbi.
Rasmiy vakilga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasi yakunlanganligi sababli Atlantika okeanida ishlagan uch kema vaqtincha bazaga qaytariladi. Biroq keyinchalik submarinani qidirish davom ettiriladi va ularning safiga boshqa kemalar qo‘shiladi.
Izoh (0)