Ayda Uord ismli yangi tug‘ilgan chaqaloq Turkiyadagi kasalxonada “asir”ga aylanib qoldi. Gap shundaki, shifoxona ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun uning ota-onasidan 134 ming dollar to‘lashni talab qildi, deb yozadi New York Post.
Britaniyalik juftlik Turkiyaga dam olish uchun kelgandi. To‘satdan ayolda muddatidan uch oy avvalroq tug‘ruq boshlanib qoldi.
Juftlik ularning sug‘urta kompaniyasi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun xarajatlarni qoplaydi, deb o‘ylagandi. Natijada ular 77 kun davomida klinikadan o‘z chaqalog‘ini olishga urindi.
Oxir-oqibat sug‘urta kompaniyasi hisob bo‘yicha 5400 dollar to‘lagach, ular o‘z uylariga uchib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)