Agar shunga to‘g‘ri kelsa, AQSh KXDRga urush e’lon qiladi. Bunday ogohlantirish bilan senator Lindsi Grem chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
“KXDRdagi so‘nggi raketa sinovi biz tomonimizdan javob choralari ko‘riladigan vaqtni yaqinlashtirmoqda. AQSh prezidenti buni bir yoqlik qilishini aytib bo‘ldi. Bu BMT yoki Xitoy bo‘lmaydi. Umid qilamanki, Shimoliy Koreya AQSh prezidenti qanchalik jiddiy ekanligini anglab yetadi”, — dedi u.
“Prezident Tramp KXDRning AQShga uning hududiga yetib borishga qodir qit’alararo ballistik raketa yordamida zarba berish imkonini beruvchi yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar buni to‘xtatish uchun urush boshlashimizga to‘g‘ri kelsa, shunday qilamiz ham. Shimoliy Koreya bilan urush boshlansa, demak uning o‘zi buni o‘z boshiga orttirgan bo‘ladi”, — deya ta’kidladi senator. U Pxenyanga qarshi kuch ishlatish ikkala tomondan ham millionlab qurbonlarga olib kelishiga qo‘shildi.
Izoh (0)