Yaman janubidagi Adan shahrida joylashgan moliya vazirligi binosi yaqinida avtomobil portlatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi og‘ir jarohatlandi. Portlash hududida otishma yuz bergan.
Portlash vazirlik binosiga jiddiy zarar yetkazdi, yaqin atrofdagi imoratlarni ham shikastladi.
Hodisa uchun javobgarlikni hozircha mintaqadagi guruhlardan hech biri zimmasiga olmadi.
Izoh (0)