Shimoliy Koreya 29-noyabr, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:18da navbatdagi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Raketa parvozi 53 daqiqa davom etdi, bu vaqt davomida parvozning maksimal balandligi 4-4,5 ming kilometr, yetib borish masofasi esa 1000 kilometrni tashkil etdi. U Yaponiya qirg‘oqlaridan 250 kilometr uzoqda, Aomori prefekturasi iqtisodiy hududida quladi.
Janubiy Koreya harbiylari o‘rta masofadagi ballistik raketa — “Xvason-14” sinovdan o‘tkazilgan deb hisoblamoqda.
Raketa parvozi KXDR tomonidan 2,5 oy davom etgan “sukut”dan so‘ng amalga oshirildi: mamlakat 29-avgust va 15-sentabrda “Xvason-12” raketalarini uchirgandi.
Izoh (0)