KXDR butun AQSh hududidagi nishonlarni urishga qodir bo‘lgan “Xvason-15” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ta’kidlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bunday axborot Shimoliy Koreya televideniyesi efirida uzatildi.
“‘Xvason-15’ raketasi baquvvat qit’alararo ballistik raketadir. Uni eng yangi turdagi yadroviy jangovar kallak bilan jihozlab, butun AQSh hududi bo‘ylab zarba berish mumkin”, — deyiladi bayonotda.
Pxenyandagilar qo‘shimcha qilishicha, sinov yaqin oradagi davlatlar xavfsizligiga ta’sir qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 2,5 oylik “sukut”dan so‘ng 29-noyabr, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:18 da navbatdagi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi.
Izoh (0)