Qirg‘izistonning Norin viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi, shu jumladan, bir chaqaloq halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.
Fojia Qirg‘iziston poytaxtini Xitoy bilan birlashtiruvchi Bishkek—Torugart avtotrassasining 180-kilometrida sodir bo‘lgan. Qo‘chqor tumanida Kuvaki dovonida Toyota Carina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ko‘prikdan tog‘ daryosiga qulagan.
Avtomobil ichida bo‘lgan to‘rt kishilik oila, shu jumladan, 2017-yilda tug‘ilgan chaqaloq voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh (0)