Indoneziya hukumati otilib chiquvchi Agung vulqoniga eng yuqori xavflilik maqomini berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Vulqon xavflilik bo‘yicha to‘rtinchi darajaga yetgan. Hukumat vulqonga 10 kilometr yaqin masofada yashovchi aholini hududni tark etishga chaqirdi.
Vulqon Bali orolining yuqori nuqtasi bo‘lib, u mahalliy aholi vakillari o‘rtasida muqaddas tog‘ hisoblanadi. Uning balandligi 3142 metr, diametri esa 520 metrga 375 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)