Igor Plotnitskiyning iste’fosiga qaramay, Ukraina tomoni bilan asirlarni almashishga tayyorgarlik davom ettiriladi. Bu haqda tan olinmagan Lugansk respublikasining yangi yetakchisi Leonid Pasechnik ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Harbiy asirlarni ayirboshlash jarayoniga Igor Plotnitskiyning iste’fosi umuman ta’sir qilmaydi. Jarayon ketmoqda. IIV, xalq militsiyasi rahbariyati qo‘lga olingan, bizning hududda bo‘lgan va ayirboshlanishi kerak barcha shaxslarni tekshirib ko‘rdi. 27-noyabr, dushanba kuni menga ro‘yxat taqdim etiladi”, — ta’kidladi Pasechnik.
U Minsk kelishuvlari doirasidagi asirlarni ayirboshlash bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini bildirdi.
25-noyabr, shanba kuni mahalliy parlament salomatligi sabab ariza bergan respublika yetakchisi Igor Plotnitskiy iste’fosi uchun yakdil ovoz berdi. Respublika rahbari vazifasini bajaruvchi etib xavfsizligi vaziri Leonid Pasechnik tasdiqlandi.
Izoh (0)