Bryussel politsiyasi shahar markazidagi namoyishlarning 70 dan ortiq ishtirokchisini qo‘lga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Fitnachilar guruhi Liviyada qullikka qarshi ruxsat berilgan miting qatnashchilari qatoriga qo‘shilib olgani bildirilmoqda.
Aksiya yakunlanganidan so‘ng niqobli shaxslar shaharning Luiz avenyusidagi tijoriy dahalarga o‘tib, vitrinalarga tosh uloqtirdi, butiklarni talon-toroj qildi.
“Vaziyat nazorat ostida. Politsiya hushyor turishda davom etmoqda”, — deya yozuv qoldirdi shahar meri Filipp Kloz Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)