Yevropa tahdid qilgudek bo‘lsa, Eron raketalarining yetib borish masofasini uzaytiradi. Bu haqda Islom inqilobi muhofizlari korpusi rahbari o‘rinbosari Husayn Salomiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Shu paytgacha Yevropa xavf emasligini his etib kelgandik. Biroq Yevropa tahdidga aylanishni istasa, biz raketalar masofasini uzaytiramiz”, — dedi Salomiy.
U Eron hozirda 2 ming kilometrga uchuvchi raketalar masofasini texnologiyalarga ega bo‘lmagani uchun emas, balki ma’lum bir strategiyaga amal qilingani sababli uzaytirmaganligini bildirdi.
Izoh (0)