CNN telekompaniyani tanqid qilgan AQSh prezidenti Donald Trampga o‘zining uslubida — Twitter orqali javob qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
“AQShni dunyoda taqdim etish CNN’ning ishi emas. Bu sizning vazifangiz. Bizning faoliyatimiz yangiliklarni yetkazishdan iborat”, — deyiladi telekompaniyaning Twitter’da joylashtirilgan xabarida.
Oldinroq Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali mazkur telekompaniyani mamlakatdagi holat haqida xolis axborot bermaslik va dunyoda AQSh to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishda ayblagandi.
Izoh (0)