Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriyadagi vaziyatni izga solish bo‘yicha marafoni davom etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Prezident Putin tig‘iz diplomatik marafonni amalga oshirdi. Mazkur marafon u yoki bu yo‘sinda albatta davom etadi”, — dedi Peskov.
Kreml matbuot kotibi 22-noyabrda Sochida bo‘lib o‘tgan Putinning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Eron yetakchisi Hasan Ruhoniy bilan uchrashuviga shunday izoh berdi.
Bundan ikki kun avval — 20-noyabrda Putin Sochida Suriya prezidenti Bashar Asadni qabul qilgandi.
Izoh (0)