Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabe umrining oxirigacha davlat rahbari maoshini oladi, shuningdek, mukofot puli sifatida bir necha million dollar oladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
The Guardian Zanu-PF hukmron partiyasidagi manbasiga tayanib yozishicha, Mugabega budjetdan jami 10 million dollar to‘lanadi. Bundan tashqari, u umrining so‘ngigacha har oyda 150 dollarlik prezident maoshini olib turadi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Mugabening rafiqasi Greysga ham muayyan to‘lovlar to‘lanadi, ammo aniq summa aytilmayapti.
Avvalroq Mugabe va rafiqasiga jinoiy ta’qibdan immunitet va’da qilingan edi.
Izoh (0)