Boshqirdistonning Beloretsk shahrida yashovchi 24 yoshli yigit o‘z uyiga o‘t qo‘ydi. Xonadonda 47 yoshli otasi, 66 ga kirgan buvisi va 65 yashar qarindoshi bo‘lgan, deya xabar beradi “MK.ru”.
Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lishi arafasida ziyofat chog‘i qarindoshlar orasida mojaro kelib chiqqan va ota o‘g‘lini bir necha bor urgan.
Shundan so‘ng yigit hamma uyquga ketishini kutib, ayvonda turgan buyumlarni yoqib yuboradi, keyinchalik butun uyga o‘t ketadi.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llanishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)