Germaniya mudofaa vazirligi tahlilchilari Yevroittifoq parchalanishi va hozirda mavjud bo‘lgan tartiblarning qayta qurilishini taxmin qilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur taxmin “Strategik prognoz-2040” ma’ruzasidan o‘rin olgan.
102 betli hujjatda ekspertlar xalqaro arenada yaqin 20 yil ichida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisalarning bir nechta variantlarini qayd etdi.
Yevroittifoq va Germaniya uchun eng negativ ssenariy bir necha o‘n yillik davomidagi siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik fonidagi ko‘plab ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.
“Yevroittifoqning kengayishi to‘xtadi, tobora ko‘p davlatlar uni tark etmoqda. Yevropa o‘zining alobal afzalliklarini sarflab bo‘ldi. Germaniya va Yevroittifoq atrofi xavfsizlik siyosati jihatidan o‘zgarib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Ikkinchi negativ ssenariy esa Yevropaning ikki blokka bo‘linishini taxmin qilmoqda. Ular bir-biridan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan uzoqlashmoqda.
Shu bilan birga Sharqiy Yevropa mamlakatlari sekin-asta Rossiya ta’sir doirasiga o‘tmoqda. Bu holat esa ularning Rossiya tomonidan energiya resurslari bilan ta’minlashi bilan izohlanadi.
Ijobiy prognozlar esa Yevroittifoq ichida hamkorlikning kengayishi va qo‘shnilar bilan hamkorlik munosabatlarining yaxshilishi sifatida baholanmoqda.
Izoh (0)