Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘n kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” respublika FVVga tayanib.
Fojia janubiy Jalolobod viloyatidagi Toshko‘mir shahri hududidagi Bishkek-O‘sh strategik avtotrassasida yuz bergan. “Ushbu avtoyo‘lning 457-kilometrida Honda Stepwgn yengil avtomobili va Man yuk mashinasi to‘qnashib ketgan”, — deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi, shu jumladan, olti oylik chaqaloq voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan.
Ayni paytda hodisa joyida huquq-tartibot organlari xodimlari fojia sabablarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)