Yaponiya imperatori Akixito va uning turmush o‘rtog‘i Mitiko 6-noyabr, dushanba kuni o‘z qarorgohida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyani qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“O‘tmishda mamlakatlarimiz bir-biriga qarshi urushda ishtirok etgandi. Biroq Yaponiya AQSh bilan do‘stona munosabatlari va ko‘magi tufayli hozirgi holatida bo‘lib turibdi”, — dedi imperator uchrashuv chog‘ida.
Tramp “butun yapon xalqi sevadigan imperator bilan uchrashish uning uchun katta sharaf ekanligi”ni ma’lum qildi.
“AQSh va Yaponiyaning bugungi munosabatlari shu paytgacha bo‘lganlari ichida eng yaxshisi”, — dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.
Akixito Trampning Yaponiyaga tashrifi qanday o‘tayotgani bilan qiziqdi. Uchrashuv, rejalashtirilganidek, 30 daqiqa davom etdi.
Izoh (0)