Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ofshorlarga 10 million funt sterling (13 million dollar) investitsiya kiritgan. Bu Jurnalistlik tekshiruvlari xalqaro konsorsiumi ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
2004—2005-yillarda qirolichaning shaxsiy mablag‘larining boshqaruvchi Lankaster gersogligi Bermud va Kayman orollaridagi ikki ofshor kompaniyasiga investitsiyalar yo‘naltirgani bildirilmoqda.
Ofshorlardan biri orqali keyinchalik Britaniyaning ikki kompaniyasida ulush xarid qilingan.
Gersoglik vakillari qirolicha bu bilan hech qanday qonunlarni buzmaganini, shuningdek, soliqlarni muntazam to‘lab kelayotgani ta’kidladi.
Izoh (0)