AQSh prezidentligiga sobiq nomzod, senator Rend Polning jarohatlari taxmin qilinganidan ko‘ra og‘irroq bo‘lib chiqdi, deb yozadi CNN.
Senatorga hujum qilgan qo‘shnisi uning beshta qovurg‘asini sindirgan, ulardan uchtasi joyidan qo‘zg‘algan.
Qayd etilishicha, 59 yoshli erkak senatorga qasddan tan jarohati yetkazgan. Uning nima maqsadni ko‘zlagani esa hozircha noma’lum.
Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda. Jinoyatchi qo‘lga olingan, biroq keyinchalik besh ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
4-noyabr kuni senator Rend Polga hujum uyushtirilgani haqida ma’lum qilindi. 59 yoshli Rene Baucher unga Bouling Grin shahridagi o‘z uyida hujum qilgan edi.
Izoh (0)