Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning kenja qizi Farzona Emomali Sog‘liqni saqlash vazirligining islohotlar, birlamchi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.

Farzona 27 yoshda bo‘lib, Tojikiston tibbiyot universitetining davolash fakultetini tugatgan, pediatriya bo‘yicha ordinaturani o‘tagan. 2023-yilda esa prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini bitirgan. U endi rahbarlik qilayotgan departamentda 2021-yildan beri mutaxassis bo‘lib ishlagan.
Farzona Emomali Tojikiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi. U farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgani haqida xabarlar bor. “Ozodlik” radiosi Tojikiston xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda u o‘sha paytdagi bosh prokuror Yusuf Rahmonning o‘g‘li Safarxon Rahmonga turmushga chiqqan. 2025-yilda Safarxon Rahmon lavozimidan ozod etilgan.
- 2024-yil oxirida Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning to‘ng‘ich qizi O‘g‘uljahon Atabayeva otasi nomidagi xayriya fondining davolash ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘ldi.
Izoh (0)