Nigeriyaning shimoli-sharqida joylashgan Mayduguri shahrida xudkush-terrorchining hujumi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida yana besh kishi yaralangan. Terakt yuz bergan hududda “Boko Haram” terrorchilik guruhi ta’qibidan aziyat chekkan qochoqlar lageri joylashgan edi. Bu so‘nggi oy ichidagi eng yirik hujum bo‘ldi.
Nigeriyaning Mayduguri shahrida avgust oyida ham yirik terakt yuz bergan edi. O‘shanda xudkush-terrorchi ayol bozorda o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)