Filippin mudofaa vaziri Delfin Lorenzana mamlakat hukumati Maravi shahrini IShID guruhidan “ilhomlangan” jangarilardan to‘liq ozod qilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz Maravidagi barcha harbiy operatsiyalar yakunlanganini e’lon qilamiz”, — dedi u ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi) mudofaa vazirlari uchrashuvida.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, 22-oktabr kuni Filippin harbiylari shahar hududida qolgan 30 terrorchini qidirib topish operatsiyasini o‘tkazgan. Garovdagilarning barchasi qutqarilgan.
Shaharni to‘liq ozod qilish uchun Filippin hukumatiga besh oy kerak bo‘ldi. Natijada 900 dan ziyod terrorchilar, shu jumladan, chet mamlakatlar fuqarolari va guruh yetakchilari o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)