Italiya sobiq bosh vaziri va “Milan” sobiq xo‘jayini Silvio Berluskoni klubning sobiq futbochisi Kaxa Kaladzeni Tbilisi meri etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Berluskoni telefon orqali suhbatda Kaladzeni saylovlardagi ishonchli g‘alabasi bilan qutlab, yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi. .
Kaladze Tbilisi meri saylovlarida 51,06 foiz ovoz to‘pladi va Aleko Elisashvili (17,46 foiz) hamda Zaala Udumashvilini (16 foiz) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, gruziyalik himoyachi 2001—2010-yillarda “Milan” tarkibida to‘p surgan. 284 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol kiritgan.
Izoh (0)