AQShning Noksvill shahrida (Tennesi shtati) 50 vagondan iborat tovar poyezdi izdan chiqib ketdi va binolarga borib urildi. Bu haqda shtat politsiyasi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”
Kamida ikki binoga shikast yetgani bildirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Avariya joyida o‘t o‘chiruvchilar va politsiya ishlamoqda. Mahalliy aholidan poyezd halokati hududiga yaqinlashmaslik so‘ralgan.
Izoh (0)