Keniya markaziy qismidagi Nakuru ko‘liga vertolyot quladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Daily Nation ma’lumotiga ko‘ra, vertolyot bortida kamida to‘rt kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq bu ma’lumot hozircha tasdiqlangani yo‘q.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot qulashdan biroz avval Jarika Hotel mehmonxonasidan uchib ketgan, bevosita avariya arafasida esa juda pastlab uchgan.
Gazeta xabariga ko‘ra, vertolyot hududdagi tadbirlardan biriga jurnalistlarni olib borishi kerak edi.
Izoh (0)