Myunxenda politsiyachilar odamlarga pichoq bilan hujum qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz gumonlanuvchiini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldik. U jinoyatning ijrochisimi yoki yo‘q — hozircha noma’lum”, — deyiladi Myunxen politsiyasining Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq politsiya velosiped mingan bir erkak Myunxenning bir necha ko‘chalarida odamlarga pichoq bilan hujum qilgani haqida axborot bergan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi jabrlangan.
Izoh (0)