Eron Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasida belgilangan majburiyatlarini bajarmoqda. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) bosh koordinatori Kornel Feruta yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha Moskvada bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE monitoring guruhi “ko‘pincha obyektlarga tashrif buyuradi va ularga kirish imkoniyati mavjud”. Uning ta’kidlashicha, agentlikning Eronda ishlayotgan ekspertlarining darajasi “shubhasiz yuqori”.
Shuningdek, 21-oktabr kuni Eron yadroviy bitimdagi kelishuvlarni bajarayotganini Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov ham tasdiqladi.
O‘z navbatida Eron tashqi ishlar vaziri rahbarining o‘rinbosari Abbos Aragchining ma’lum qilishicha, Tehron yadroviy dastur bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyalarini bajaradi.
Izoh (0)