AQSh budjeti defitsiti 2017-moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha 80 milliard dollarga oshdi va 665,7 milliard dollarga yetdi.Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.
Oxirgi bor bunday ko‘rsatkich 2013-yilda kuzatilgan, AQSh tarixida esa oltinchi marotaba qayd etilmoqda.
Budjet tanqisligi ortishi joriy yilda xarajatlarning 3 foizga ko‘payishi bilan izohlanmoqda. AQSh moliya vazirligi bunga tibbiyot va ijtimoiy dasturlarga jiddiy xarajatlarni sabab qilib ko‘rsatdi. Shuningdek, bir necha to‘fon yetkazgan zararlar bois Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlik ham ko‘p pul so‘ragan.
Moliya vaziri Stiven Mnuchin mazkur ko‘rsatkichlar Vashington ma’muriyati uchun tashvishli qo‘ng‘iroq ekanligini bildirdi. Uning aytishicha, vaziyatni soliq islohoti va byudjet vositalaridan foydalanishdagi oqilona siyosat bilan o‘nglash mumkin.
Izoh (0)