Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatda bo‘lib o‘tgan yopiq binolarda jang san’atlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Bunga javoban turkmanistonlik sportchilar davlat rahbariga oltindan yasalgan velosiped sovg‘a qildi, deb xabar beradi Asia-Plus.
Turkmaniston yetakchisi qimmatbaho sovg‘a muzeyga topshirilishini ma’lum qildi.
17–27-sentabr kunlari Ashxobodda bo‘lib o‘tgan musobaqada turkmanistonlik sportchilar 89 oltin, 70 kumush, 86 bronza, jami 245 medal yutdi.
“Ashxobod–2017” o‘yinlari oltiniga ega bo‘lgan sportchilar prezident nomidan Toyota Camry GL Executive avtomobillari bilan, kumush medal sohiblari 5000 dollar bilan, bronza medallari sohiblari esa 3000 dollar bilan taqdirlandi. G‘oliblarning murabbiylariga esa Toyota Camry GL Executive avtomobillari topshirildi.
Izoh (0)