Venesuela prezidenti Nikolas Maudro muxolifatning mamlakatda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan navbatdagi fitnasi fosh etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz elektr ta’minoti tizimiga qarshi diversiya uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘ng fashistlar guruhi rejasini fosh qildik. Ular orasida muxolifatning eng yuqori rahbarlari bor. Mazkur guruh sudlov ixtiyoriga topshiriladi”, — dedi Maduro 2-sentabr, dushanba kuni davlat televideniyesi efirida.
Venesuela rahbari fitnachilarga qarshi operatsiyaning barcha tafsilotlari vitse-prezident Toriq al-Aissamiy tomonidan 3-sentabr, seshanba kuni e’lon qilinishini bildirdi.
Maduroga ko‘ra, fitnachilar ortida Karakasdagi elchixonasi timsolida AQSh turibdi.
Izoh (0)