Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniya referendumi masalasida mamlakat rasmiylari pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevroittifoq davlatlari yetakchilariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Ispaniya hukumati saytida joylashtirilgan rasmiy hujjatda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Raxoy ularga Ispaniya konstitutsiyaviy tartibini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Ispaniya hukumatining noqonuniy referendumni oldini olish borasidagi qat’iyati butun Yevropa Ittifoqida barqarorlik va demokratiya ta’minlanishiga ko‘mak berishini qayd etdi”, — deyiladi hujjatda.
Saytga ko‘ra, Mariano Raxoy Fransiya, Estoniya yetakchilari, Yevropa komissiyasi va Yevroparlament raislari bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi.
Izoh (0)