AQSh prezidenti Donald Tramp xususiy xayriya ziyofatida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonni o‘zi 1968-yilda bitirgan Pensilvaniya universitetining Uorton biznes maktabiga qiyosladi, deb yozadi “RBK”.
Trampning aytishicha, harbiy generallar unga “maxfiy axborot”ni ko‘rsatgan, shundan so‘ng prezident AQShda Afg‘onistondan jangarilarni siqib ciqarishdan boshqa yo‘l yo‘q degan xulosaga kelgan, aks holda, AQSh 2001-yil sentabrda yuz berganiga o‘xshash terrorchilik hujumiga uchraydi.
“Samolyotlarni egallab olgan va ularni Jahon savdo markazi minoralariga yo‘naltirgan odamlar Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgan”, — dedi Tramp respublika “terrorchilar uchun Uorton biznes maktabiga o‘xshashi”ni ta’kidlar ekan.
Izoh (0)