Venesuela muxolifati vakillari Dominikadagi hukumat delegatsiyasi bilan muzokaralarning ikkinchi davrasiga kelmadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Muzokaralarning birinchi davrasi 13-sentabrda bo‘lib o‘tgan edi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro keyinchalik uni muvaffaqiyatli deb atagan edi.
Ammo 27-sentabr kunga belgilangan ikkinchi davraga muxolifat vakillari kelmadi, chunki, ularning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hukumati zarur shartlarni bajarmagan.
Hukumat delegatsiyasidagilar shunga qaramay, bundan keyingi muzokaralarga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)