Braziliyaliklarning atigi 3 foizi prezident Mishel Temer va uning ma’muriyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakat statistika va jamoatchilik fikri instituti so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.
Respondentlarning 77 foizi Temerning Braziyaliya prezidenti lavozimidagi faoliyatidan qoniqish bildirmadi.
So‘rovning qolgan ishtirokchilari davlat rahbarini o‘rtacha baholadi.
Qayd etilishicha, bu Braziliyada demokratiya hukm surayotgan 1985-yildan beri prezident faoliyati yoqlanishining eng past ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Izoh (0)