Germaniya va Fransiya Yevroittifoqni isloh qilish haqidagi loyihalarning ko‘pchiligini kelishib oldi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Yevroittifoqning Tallindagi norasmiy sammitida ma’lum qildi.
“Men yevrohududni yanada rivojlantirishga yondashuvlarni butunlay ma’qullayman. Shu munosabat bilan biz muhokamalarga tezkorlik bilan kirishishimiz kerak, deb o‘ylayman. Takliflarga kelsa, yuqori darajali hamjihatlik mavjud, shu jumladan, Germaniya va Fransiya o‘rtasida ham”, — dedi Merkel.
Kansler fikricha, Yevroittifoq mamlakatlari Yevropacha barqarorlik mexanizmini ishlab chiqishi kerak. Shu bilan birga, u bunday mexanizmni Yevropa iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi asosida yaratish mumkinligini istisno qilmadi.
Izoh (0)