Myanma hukumati BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshni mamlakatga va rohinja xalqi vakillari yashaydigan Rakxayn shtatiga tashrif buyurishga taklif qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Myanma milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi U Taung Tunga tayanib.
Ta’kidlanishicha, avvalroq Guterresh Myanmaga mamlakatni zo‘ravonlik tufayli tark etgan rohinjalar qaytishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlashga chaqirgan edi.
“Yangondagi diplomatik korpus vakillari jurnalistlar hamrohligida dushanba kuni Rakxayn shtati shimoliga tashrif buyuradi. Ularda u yerdagi vaziyat haqida birinchi qo‘llardan axborot olish imkoniyati bo‘ladi. Shuni quvonch bilan ta’kidlamoqchimanki, Myanma hukumati bosh kotib va bosh kotib o‘rinbosariga Myanmaga tashrif buyurish uchun taklifnoma yubordi. Ularni yaqin orada kutib olishga umid qilamiz”, — dedi U Taung Tun.
Izoh (0)