Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning BMTdagi KXDR haqidagi bayonotlarini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Muqaddam Tramp KXDRni yo‘q qilishga tayyorligi haqida bayonot bergan edi.
“Men bunday tahdidni qo‘llab-quvvatlamayman”, — dedi u, Deutsche Welle radiosiga bergan intervyu chog‘ida tegishli savolga javob berarkan.
“Biz har qanday harbiy yechimni noto‘g‘ri deb hisoblaymiz va diplomatik sa’y-harakatlarga urg‘u beramiz. Bu, mening fikrimcha, sanksiyalar, bu sanksiyalar realizatsiyasi, bu to‘g‘ri javob. KXDRga oid qolgan yondashuvlar noto‘g‘ri”, — qo‘shimcha qildi Merkel.
Ilgari Venesuela vakili Trampning bayonotini tanqid ostiga olgan, Janubiy Koreya esa, aksincha, qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh (0)