Ispaniya politsiyasi ushbu avtonom viloyat hokimiyatining mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorgarligi munosabati bilan katalon hukumat idoralarida tintuv ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda El Pais’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, tintuv ishlari iqtisod, tashqi ishlar, bandlik va ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi katalon muassasalari binolarida, shuningdek, Kataloniya hukumati binosida boshlangan.
O‘tgan hafta oxirida Kataloniyadagi 700 dan ortiq shaharlarning merlari mustaqillik bo‘yicha 1-oktabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan referendum yuzasidan marsh uyushtirgan edi.
Avvalroq, Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Masa Ispaniya politsiyasiga, fuqarolik gvardiyasiga va Kataloniya avtonom politsiyasiga mustaqillik borasidagi referendumga tegishli byulletenlar va saylov qutilarni musodara qilishni buyurishini aytgandi.
Shuningdek, Masaning buyrug‘iga ko‘ra, tuman politsiya bo‘limlari referendum o‘tkazilishiga yordam ko‘rsatgan Kataloniya merlarini mahalliy prokuraturaga chaqirib so‘roq o‘tkazishi lozim. O‘z xohishi bilan kelishni istamaganlar esa politsiya tomonidan qo‘lga olinadi. Merlar jinoiy javobgorlikka tortilishi mumkin.
Izoh (0)