Ispaniya politsiyasi mustaqillik to‘g‘risidagi referendumga tayyorgarlik ishi bo‘yicha Kataloniyadagi 9 ta hukumat binosida reyd o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
12 nafar mansabdor, jumladan, Kataloniya vitse-prezidenti Uriol Junkerasning “o‘ng qo‘li” sanaladigan Jozep Jove qo‘lga olindi.
Junkeras politsiya harakatlarini xalq irodasiga qarshi chiqish deb baholadi va “G‘arb demokratiyalarida bunday holatlar o‘nlab yillardan beri ro‘y bermayotgani”ni ta’kidladi. Kataloniya rahbari Karles Puchdemon shoshilinch yig‘ilish chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Kataloniyada 1-oktabr kuni mustaqillik to‘g‘risidagi referendum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ispaniya rasmiylari uni noqonuniy va Konstitutsiyaga zid deb e’lon qildi.
Izoh (0)